So‘nggi yillarda moliya sanoatidagi eng yorqin hodisalardan biri moliyaviy-texnologik inqilob natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy savdodir. Savdo amaliyotlarining professional brokerlar qo‘lidan alohida treyderlar qo‘liga o‘tishi yangi savdo metodologiyalarini kashf qilish uchun qulay muhit yaratdi. Ijtimoiy treyding an'anaviy savdo amaliyotini onlayn hamjamiyatlar bilan birlashtiradi, shuningdek u ham endigina ish boshlagan, ham tajribali treyderlar uchun ko‘plab ustuvor jihatlarga ega. The Next Web ularning to‘rttasi bilan bo‘lishdi.

Foto: Pixabay

1. Bu vaqtingizni tejaydi

Ijtimoiy savdo bilan birga eToro tomonidan ixtiro qilingan va patentlangan "savdoni nusxalash" yuzaga keladi. Nusxalar savdosi treyderlarga real vaqt rejimida boshqa treyderlarning xatti-harakatlarini nusxalash imkonini beradi. Nusxa olingan treyder bilan nusxa olganga bir xil sarmoya kiritiladi. Shu tariqa, faol savdoga kamroq vaqt ajratishni ma'qul ko‘ruvchi odamlar boshqa treyderlarga ular uchun ishlash imkonini beradi. Albatta, pullarni begona qo‘llarga ishonib topshirish xavfli bo‘lishi mumkin, bu esa bizni ro‘yxatdagi keyingi bandga olib keladi.

Foto: Pixabay

2. Bu shaffof

Yuqorida ko‘p odamlar o‘z pullarini begona qo‘llarga topshirishi haqida gap ketdi. Siz brokerdan foydalanasizmi yoki yo‘q, pensiya jamg‘armasini ochasizmi yoki pullaringizni bankka qo‘yasizmi, umuman olganda, siz odamlarga o‘z nomingizdan sarmoya kiritish uchun pullaringizdan foydalanish imkonini taqdim etasiz. Bu misollarning bari umumiy o‘xshashlikka ega: siz odatda pullaringizni qayerga sarflanayotganini bilmaysiz.

Bu nusxalar bilan savdo qilishga kirmaydi. Ta'kidlash joizki, eToro'da nusxa olish mumkin bo‘lgan har bir treyder o‘zining ommaviy profiliga ega, u barchaga ko‘rinadi. Treyderlarning eToro'dagi profillari ko‘plab qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ladi, bu esa salohiyatli nusxachilarga savdo tarixi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar nisbati, daromad va portfel tuzilmasi kabi intellektual nusxalar bilan savdo qilishga doir qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, eToro har bir treyderga savdo bilan bog‘liq odatlar va strategiyalarga asoslangan raqamlar shaklidagi noyob xavf ko‘rsatkichini beradi. Shu tariqa, treyderlar o‘zlarining tavakkal qilishga tayyorgarliklariga muvofiq keluvchi treyderlarni nusxalashi mumkin.