Jazoir prezidenti Abdulaziz Butafliqa 2 aprel kuni lavozimidan ketişini e'lon qildi. Bu haqda Algerie presse service agentligi xabar berdi. 

“Prezident Abdulaziz Butafliqa davlat rahbari sifatidagi vakolatlarini töxtatişi haqida konstitutsiyaviy kengaş prezidentini rasman xabardor qildi”, deyilgan prezident ma'muriyati bayonotida. 

Avvalroq 2 aprelda Jazoir armiyasi qömondonligi uçraşuvidan keyin mudofaa vaziri örinbosari, Milliy xalq armiyasi ştab boşliği Ahmad Gayd Saloh prezidentning öz lavozimidan konstitutsiyaviy ozod etilişi jarayoni zudlik bilan boşlanganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, armiya 82 yoşli Butafliqani konstitutsiyaning 102-moddasiga binoan öz lavozimidan ozod qiliş jarayonini zudlik bilan boşlaşga buyruq bergan.     

Uşbu moddaga köra, amaldagi prezidentning “oğir va uzoq davom etuvçi kasalligi” holatida konstitutsiyaviy kengaş davlat rahbarini layoqatsiz deb topadi. Prezident kengaşga öz majburiyatlarini bajara olmasligi haqida ma'lum qilişi kerak böladi. Şundan keyin parlament yiğilişi ötkazilib, unda vaqtinçalik davlat rahbari tayinlanişi lozim.

Bu holatda Jazoirning vaqtinçalik prezidenti parlamentning yuqori palatasiga boşçilik qilayotgan 77 yoşli Abdulqodir Binsaloh böladi.

Butafliqa Jazoir prezidenti lavozimini 1999 yil aprelidan egallab kelgan.