Özbekiston Qurolli Kuçlari Boş ştabi Jangovar tayyorgarlik boş boşqarmasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi qoşidagi “Sen yolğiz emassan” Respublika bolalar jamoatçilik jamğarmasi bilan hamkorlikda Toşkent şahridagi 22- va 23-son bolalar uyi tarbiyalanuvçilari bilan Mudofaa vazirligi Toğ tayyorgarligi öquv-maşqlari markaziga ekskursiya uyuştirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, mehribonlik uylarida taşkil etilgan harbiy-sport guruhlarining 70 nafar tarbiyalanuvçisi toğ sporti turlarining alpinizm, qoyani zabt etiş, şuningdek, ot miniş, ekstremal şaroitlarda yaşovçanlik asoslari va kiçik kalibrli miltiqdan otiş tayyorgarligi elementlari böyiça boşlanğiç bilim olib, amaliy könikmaga ega bölişdi.

Şu bilan birga, yoşlarga Markaz toğ-yöriqçilari va soha böyiça katta tajribaga ega bölgan sport ustalari tomonidan harbiy vatanparvarlik va toğ sporti turlari böyiça ma'ruzalar qilinib, öquv filmlari namoyiş etildi.
















