Boş prokuratura tomonidan Toşkent şahridagi Savdo, xizmat körsatiş sohasi va xalq iste'mol mollari işlab çiqariş departamenti va «Bek töpi savdo kompleksi», «Çorsu buyum savdo kompleksi», «Çilonzor buyum savdo majmuasi», «Örikzor savdo kompleksi» bozorlari, «Eski Jöva dehqon bozori», «Yunusobod dehqon bozori» dehqon bozorlari va «Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori» mansabdor şaxslariga nisbatan jinoiy iş tergov qilinmoqda. 

Avvalroq, Toşkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş işi böyiça qölga olingani haqida xabar berilgandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, iqtisodiyot asoslariga qarşi qator jinoyatlar sodir etgan 7ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy iş oçilgan. Xususan:

- sifatsiz tovarlarni sotib oliş va ularni yöq qilişga yöl qöyiş bilan davlatga 27,7 mlrd. söm miqdorida zarar yetkazilişi;

- bozorlar hududida pullik xizmatlar körsatilişidan tuşgan 3 mlrd. sömdan ortiq mablağni inkassatsiya qilmaslik yöli bilan özlaştiriş;

- qayd etilmagan va noqonuniy qurilmalar (omborlar va yengil konstruksiyalar) faoliyatidan tuşgan 2 mlrd. sömdan ziyod mablağni özlaştiriş;

- savdo nuqtalari faoliyatidan olingan ijara tölovlarini topşirmaslik yöli bilan 1 mlrd. sömdan ortiq davlat mablağlarini öğirlaş;

- savdo nuqtalarini realizatsiya qilişda tadbirkorlardan 2 mingdan 5 ming AQŞ dollarigaça miqdorda noqonuniy pul mukofotlarini oliş.

Uşbu holatlar böyiça Savdo va bozorlar departamentining mansabdor şaxslariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş: a) juda köp miqdorda; b) öta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab; g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bölsa, — eng kam oylik iş haqining uç yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi) ayblov qöyildi va ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

«Yunusobod dehqon bozori» AJ bozori rahbarlari O.Mustayev va B.Yusupov tomonidan - taxminan 800 mln. söm, şuningdek, «Toşkent oziq-ovqat zaxira» DUK direktori R.Rasulov tomonidan - 3,9 mlrd. söm ularning miqdorida yetkazilgan zarar miqdori qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan ehtiyot çorasi qöllanildi.