Moskva şahrining Presnya sudi «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev va uning dösti Aleksandr Protasovitskiy ustidan oçilgan jinoyat işi böyiça mahkama ötkazdi.
Unda tergovçilarning iltimosnomasiga köra, ayblanuvçilarning hibsdagi muddatini çöziş masalasi körildi. Sud iltimosnomani qondirib, hibs muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. Endi ayblanuvçilar 25 sentyabrga qadar tergov izolyatorida qolişadi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil oktabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy Moskva şahridagi bir neça muştlaşuvlarda iştirok etişgani uçun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Keyinçalik, tergov işlari yakunlanmagani uçun hibs muddati 2 marta - 8 fevralga va 8 aprelga qadar uzaytirilgandi.











