Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Iroqqa bir milliard dollar tuhfa qildi, bu pullar Bağdodda sport şaharçasi barpo etişga sarflanadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining “Al-Ixboriya” telekanali savdo va investitsiyalar vaziriga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni savdo va investitsiyalar vaziri Majid al-Kasabiy podşohning tuhfasi haqida Iroq prezidenti Barhom Salohga uning Ar-Riyodga taşrifi vaqtida ma'lum qilgan.
2018 yil martida Iroq hukumati Saudiya Arabistoni Iroqda 100 ming kişilik stadion qurişini ma'lum qilgan. Biroq deyarli bir yildan keyin Saudiya Arabistonining Iroqdagi elçisi uning mamlakatida nafaqat stadion quriş, balki Iroqqa butun boşli sport şaharçasi tuhfa qiliş rejasi borligini ma'lum qilgan.
Saudiya Arabistoni oxirgi vaqtda qöşni Iroqni Eron ta'siridan olib çiqiş uçun u bilan munosabatlarni yölga qöyişga faol intilmoqda.












