2019 yilning 3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining maslahatçisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov va taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Malgin boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdilar.
TIV xabariga köra, uçraşuvda MGIMO bitiruvçilarining V Forumini 17-19 may kunlari Toşkent şahrida taşkil etişning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda institutning sobiq talabalari – turli mamlakatlardan davlat taşkilotlari, biznes, fan va madaniyat vakillari iştirok etadi.
Suhbat çoğida Özbekistonda kelgusi öquv yilidan magistratura va bakalavr dasturlari böyiça ta'lim olib boriladigan MGIMO filialining töliq faoliyatini boşlaşga tayyorgarlik jarayoni körib çiqildi, deyiladi xabarda.
Sentabr oyidan Toşkentda "MGIMO" filiali iş boşlaydi











