Jizzax viloyatining “Ilğor hudud” pilot loyihasini amalga oşiriş ofisida “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi vakillarining Özbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA), Jizzax şahar hokimligi, şahar kommunal xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuv davomida Jizzax şahrining “Zargarlik” MFYda joylaşgan 4 uyda “Aqlli şahar” loyihasining amalga oşirilişi muhokama etildi. “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi bilan hamkorlik 2019 yilning 7 mart kuni LBMA bilan tuzilgan Özaro anglaşuv memorandumida közda tutilgan, deyiladi LBMA matbuot xizmatida.

Loyiha doirasida Jizzax şahridagi mikrorayonlarning birida «Umnogor» raqamli platforma asosida şahar mulkini boşqariş uçun bir neça axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini va “Internet-buyumlar”ni özaro boğlaş közda tutilgan.

“Aqlli şahar” platformasining amalga oşirilişi 5 asosiy blokdan iborat:

1. Uylar va xonadonlar hisoblagiçlarining ma'lumotlarini yiğiş, uzatiş va hisobga olişni özida mujassamlaştirgan resurslarni hisobga oliş tizimini yaratiş. Bu resurs tarmoqlardagi real yöqotişlarini aniqlaş va haqiqatda iste'mol qilingan resurslar uçun tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

2. Avariya holatiga nisbatan tezkor çoralar köriş vaqtini qisqartiriş va har bir murojaatning bajarilişini nazorat qiliş imkoniyatini beradigan yagona dispetçerlik xizmatini joriy etiş;

3. Şahar kommunal xöjaligining real ma'lumotlarini tahlil qiliş va asoslangan, şu jumladan rejalaştirilgan tadbirlarni “sun'iy intellekt” asosida tahlil qilişdan foydalangan holda qarorlar qabul qiliş imkoniyatini beradigan kommunal xöjaligining elektron modelini yaratiş.

4. Quriliş loyihalarini kelişiş, nazorat qiliş va kuzatib boriş, qöl mehnatining hajmini kamaytiriş maqsadida qurilişlarni raqamli boşqariş.

5. Me'yordan ortiqça yöqotişlarni va noqonuniy ulaniş holatlarini aniqlaş maqsadida issiqlik tarmoqlarini uçuvçisiz apparatlardan foydalangan holda tekşiriş.