Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovçi sertifikatini taqdim etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar qildi.
“L. Kuppens xonim Özbekiston sönggi yillarda hududni bezgakdan xoli qiliş borasida katta qadam taşlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e'tirof etdi”, deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilişiça, maqsadli tadbirlar ötkazilişi natijasida Özbekistonda sönggi yillarda bezgakning mahalliy qayd etilişi umuman kuzatilmagan.
Eslatib ötamiz, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 2017 yilda Özbekistonda qizamiq va qizilça kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e'tirof etgandi.












