Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 4 aprel kuni 2019 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Davlat budjetiga tuşumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinçi yarim yillik uçun belgilangan körsatkiçlarning sözsiz bajarilişini ta'minlaş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Birinçi çorakda mamlakatimiz böyiça budjet tuşumlari töliq bajarilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar köp ijro etilgan. Çorak yakuni böyiça mahalliy budjet daromadlari rejaga nisbatan 1 trillion 253 milliard söm ortiği bilan bajarilib, hududlar ixtiyorida ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar köp mablağ qoldi.
«Mahalliy budjetda qança köp daromad bölsa, dolzarb bölgan ijtimoiy masalalarni şunça tezkorlik bilan hal qiliş mumkin. Qöşimça mablağlar, jumladan, «Beşta taşabbus», «Obod qişloq», «Obod mahalla», «Içimlik suvi», «Har bir oila tadbirkor» kabi davlat dasturlarini joylarda tizimli amalga oşiriş, xalqning daromadini köpaytiriş va hayotini yaxşilaş uçun zarur böladi», deya davlat rahbari sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Şavkat Mirziyoyev uşbu vazifani hamma rahbar ham birdek anglab yetmayotganini keskin tanqid qilgan. Jumladan, budjetga jami tuşumlar prognozi 9ta tuman va şaharda bajarilmagan.
Ayniqsa, Toşkent şahrining ön bir tumanidan 7tasida jami tuşum prognozi bajarilmagan. Uşbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etildi (Uçtepa, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Şayxontohur va Sergeli tumanlari - tahr.).
Şahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlarini budjetga tuşumlarni ta'minlaşda sustkaşlikka yöl qöyilganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
Bunday holatlar boşqa viloyatlarda ham qayd etilgan. Şu sababli Davlat soliq qömitasiga mahalliy budjetga tuşum prognozi bajarilmagan bir qator tuman va şahar soliq idoralar rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy körib çiqiş topşirildi.
Ma'lumki, Özbekiston soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasining asosiy maqsadi soliq yukini teng taqsimlaşdan iborat.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, soliq islohotlarini samarali amalga oşiriş uçun hukumat oldida juda köp vazifalar turibdi.
Jumladan, joriy yildan boşlab qöşilgan qiymat soliği tölovçilari soni qariyb 5 baravarga oşgan.












