Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Moskvada MDH TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
2019 yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari hamda ishtirokchi davlatlarning o‘zaro aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining yig‘ilishdagi nutqida ta'kidlashicha, O‘zbekiston so‘nggi 2 yilda MDH doirasidagi faoliyatini jadallashtirdi va ayni paytda Hamdo‘stlikning qariyb 50 ta tarmoq organlari ishida to‘liq ishtirok etmoqda. MDHga hamrais-mamlakat sifatida 2019 yilda O‘zbekiston tomoni 7ta tarmoq organlari yig‘ilishlarini o‘z hududida o‘tkazadi.
Vazirlar tomonidan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi harbiylari qabrlari va harbiy yodgorliklarini saqlash va munosib asrab-avaylash zarurligi to‘g‘risidagi murojaat, MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi sherikchilikni faollashtirish bo‘yicha Harakatlar dasturi, turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan boshqa qarorlar qabul qilindi.
MDH TIVKning keyingi majlisi Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Moskvada Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
08:43 / 11.06.2026