2019 yil 4 aprel kuni MDHga a'zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşi (TIVK) yiğilişida iştirok etiş uçun Moskva şahriga kelgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, taşqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. 

Bildirilişiça, 2018 yilda özaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln. AQŞ dollaridan oşib, avvalgi yilning şu körsatgiçiga nisbatan deyarli 70% köproqni taşkil etdi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almaşiş çoğida Turkmanistonning 2019 yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilişga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Moskvaga borişi xabar berilgandi.