Termiz şahrida ilk marta taşkil etilayotgan Xalqaro baxşiçilik san'ati festivali 6 aprel kuni rasman iş boşlaydi. Şuningdek, şu kuni festivalning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötişi kutilmoqda. Lekin mahalliy aholi, festivalni tomoşa qiliş uçun uzoq-yaqindan taşrif buyurgan mehmonlar tadbirni intiqlik bilan kutmoqda.




Termiz şahri markazidagi xiyobonda barça viloyatlar paviloni taşkil etilgan bölib, ularning har birida hunarmand ustalar, xalq oğzaki ijodi ijroçilari ommaviy tadbirga katta tayyorgarlik körmoqda. Xiyobonning turli burçaklaridan katta sahnalar taşkil etilgan, şuningdek, markaziy sahna maydonida esa festival oçiliş marosimiga tayyorgarlik işlari yakunlanmoqda.



5 aprel kuni jahonning 76ta davlatidan Özbekistonga yetib kelgan xorijiy mehmonlar xiyobon maydonida sayr qilib, özining quvonçini yaşirmay, öyin-kulguga qöşilib ketdi.

Kun.uz muxbiri festivalga tayyorgarlik çoğida «Titanik» qöşiğini baxşiyona ohangga ötkazib, dömbira çertayotgan baxşilardan tortib finlyandiyalik çanqovuz ustasigaça uçratdi.














