Liviyaning marşal Halifa Xaftar boşçiligidagi milliy armiyasi Tripoli aeroporti ustidan nazoratni qölga oldi. Bu haqda qömondonlikka yaqin manba ma'lum qilgan.
Manbaning ma'lum qilişiça, hududda janglar davom etmoqda.
Tripoli xalqaro aeroporti poytaxt Tripolidan 34 km uzoqlikda joylaşgan. U 2014 yildan beri faoliyat yuritmaydi. Öşanda janglar oqibatida aeroport binosi qisman yonib ketgan, uçiş-qöniş yölagiga snaryadlardan zarar yetgan. Hozirda poytaxt aeroporti vazifasini Mitiga harbiy aerodromi bajarmoqda.
Armiyaning rasmiy vakili Ahmad al-Mismariyning ta'kidlaşiça, qöşinlar poytaxtga turli yönalişlar böyiça bostirmoqda, biroq hali poytaxtga kirmagan.
U poytaxtni egallaş böyiça operatsiya yakunlanişi sanasini u ötayotgan şaroitlarni hisobga olib ayta olmasligini, biroq qöşinlar oldiga qöyilgan barça vazifalarni bajarayotganini tasdiqlagan. 4 aprelda marşal Xaftar öz kuçlariga Tripolini terrorçilardan ozod qiliş uçun poytaxtga hujum boşlaşni buyurgan.
OAVda ta'kidlanişiça, armiya bölinmalari poytaxtdan janubdagi Garyan va Surman şaharlari ustidan nazorat örnatgan.
Öz navbatida Tripolidagi milliy kelişuv hukumati rahbari Fayoz Sarroj zarurat holatida kuç qöllaşni buyurgan.












