Italiya çempionatining 31-turidan örin olgan bir öyin yakunlandi.  

«Yuventus» öz maydonida «Milan» bilan bellaşdi va 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

39-daqiqada himoyaçilar xatosidan foydalangan Pyontek gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. 60-daqiqada Dibala penaltini aniq amalga oşirib, hisobni tenglaştirdi. Öyin oxirida «Yuventus» ğalabani ilib ketişga erişdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Ken gol urib, jamoasiga ğalaba keltirdi.

Bu natijadan söng, «Yuventus» 84 oçko bilan 1-örinda, «Milan» esa 52 oçko bilan 4-örinda bormoqda. 

A Seriya, 31-tur
Yuventus – Milan 2:1 (0:1, 2:0)
6 aprel, «Alyans Stedium» 
Gollar: 0:1 – 39 Pyontek, 1:1 – 60, penalti Dibala, 2:1 – 84 Ken. 
Yuventus – Şçensni, Rugani, Bonuççi, De Şilo, Aleks Sandro, Bentankur, Spinatssola (Pyaniç, 61), Jan (Xedira, 25), Bernardeski, Manjukiç, Dibala (Ken, 66).
Milan – Reyna, Kalabriya (Kutrone, 84), Romanoli, Musakko, Rodriges, Kessie, Çalxanoglu, Borini, Bakayoko, Suso (Kastilexo, 76), Pyontek.
Ogohlantirişlar: Bernardeski (41), Musakko (59), Çalxanoglu (77), Manjukiç (86).