«Krasnodar» xöjayini Sergey Galitskiy jamoaning ayni vaqtda bezoriligi uçun qamoqda bölgan yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev bilan şartnoma bekor qilinişiga izoh berib ötdi.

«Mamayev bilan şartnomani bekor qiliş uçun öz sabablarimiz bor. Biz bu bahsli iş böyiça palataga murojaat etdik. Bu mening şaxsiy qarorim. Aytişim bölgan gap şu. Men öz sözlarim bilan Pavelning taqdiriga ta'sir körsatişni istamayman. Eşitişimça, Rossiya qamoqxonasi yoqimli joy emas. Inson sifatida öz sözlarim bilan sud qaroriga ta'sir körsatmoqçimasman. Bizning işimiz — sud qaroriga qadar jim turiş. U bilan munosabatlarimiz – alohida şaxsiy iş. U nimadir qilganki, taqdir uni öşa joyga olib bordi. Menimça, bu Pavel uçun oğir saboq.

Rossiyada 11 ming bola futbol bilan şuğullanadi, ularning köz öngidagi futbolçilar bilişlari kerakki, ularga oddiy odamlarga qöyiladigan talablar qöyilmaydi. Buning evaziga ular katta maoş olişadi. Stadionda ularning nomini aytib hayqirişsa, bu ular istaydimi, yöqmi, bu ularga majburiyatlar yuklaydi. Badavlat kişilar boşqalarga ruxsat berilgan ayrim narsalardan tiyilişi kerak. Agar bunday çeklovlarga amal qilişni istamasangiz, marhamat, boşqaça hayot keçiring. 

11 ming bola uxlaşga yotayotganida futbolçiga kumiridek qaraydi. Futbolçining harakatlaring esa bunga mos bölişi kerak. Ayniqsa, bu katta klublardagi futbolçilarga tegişli. Futbolçi odamning boşiga stul bilan uriş töğri emasligini, tört kişi bölib yerda yotgan kişini kaltaklamaslik kerakligini bilişi kerak. Jamiyat bunga töğri reaksiya berişi kerak. Men Pavelga yomonlik istamayman, uning muammolari tezroq yakunlanişini istayman, bolalar esa bilişlari kerakki, biz bunday voqealarga jim qarab turmaymiz», — degan Galitskiy «Russkiye norm!» YouTube-kanali uçun bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, 2018 yil oktabr oyida «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev va uning dösti Aleksandr Protasovitskiy Moskva şahridagi bir neça muştlaşuvlarda iştirok etişgani uçun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Keyinçalik, tergov işlari yakunlanmagani uçun hibs muddati 3 marta - 8 fevralga, 8 aprelga va 25 sentyabrga qadar uzaytirildi. 

Şu tariqa, futbolçilar yana 6 oy davomida qamoqda qolişadi.