Kun.uz tahririyatiga Toşkent şahridan Umra va Haj safarlariga ziyoratga borayotgan keksa otaxon va onaxonlarning tibbiy tekşiruvdan ötişi va emlanişi bilan boğliq murakkab vaziyatlar yuzaga kelayotgani xususida murojaatlar kelib tuşdi.

Biz vaziyat bilan yaqindan tanişiş uçun Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada böldik.

Bu yerda Toşkent şahridan Haj va Umraga boruvçi barça (!) ziyoratçilar yakuniy tibbiy körikdan ötkazilib, emlanar ekan.

Buning uçun qariyalar avvalo 5-poliklinikaning yertölasiga tuşişar ekan. Yertölada ularning özi propiska qilingan tumanlardagi tibbiyot birlaşmalari orqali töplagan hujjatlarini közdan keçirilar ekan. Qayd etib ötiş lozim, ançadan buyon ta'mirlanmagan poliklinikaning yertölasida keksalar diqqinafas bölib ötirişibdi. Çunki ularga kutiş uçun ajratilgan joy şamollatilmaydi. Örindiq esa hammaga ham yetmaydi.

Keyin poliklinikaning birinçi qavatida ziyoratçilar vraçlar yakuniy körigidan ötkazilib, emlanar ekan.

Haj safariga boruvçilar uçun har kuni 50 kişidan iborat navbat hosil qilingan. Biz borgan kuni (4 aprel) 6 aprel uçun navbat şakllantirilib, jurnalda röyxat tuzilayotgan ekan.

Umra safariga borayotganlar uçun röyxat şakllantirilmasdan, jonli navbat orqali fuqarolar qabul qilinar ekan.