“Barselona” hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatidagi ğalabali öyinlar soni böyiça yangi rekord örnatdi.
6 aprelda “Barsa” Primeraning 31-turida “Atletiko” ustidan 2:0 hisobidagi ğalabaga erişdi. Töplardan biriga mualliflik qilgan Messi uçun bu ğalaba ispan futboli oliy divizionidagi 447-uçraşuvidagi 335-ğalaba böldi.
31 yoşli futbolçi bu borada “Real”ning sobiq darvozaboni, hozirda “Portu” a'zosi bölgan Iker Kasilyasni (334 ta ğalaba) ortda qoldirdi.












