Pokiston Hindiston 16dan 20 aprelgaça uşbu mamlakatga yangi hujumlar uyuştirişga tayyorgarlik körayotgani haqida işonçli razvedka ma'lumotlariga ega. Bu haqda Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşiy ma'lum qildi, deb xabar berdi Geo TV kanali.
"Hindistonning Pokistonga nisbatan yangi tajovuzkorlik harakati taxminan 16 va 20 aprel oraliğida böladi. Qölimizdagi işonçli razvedka ma'lumotlariga köra, Hindiston Pokistonga diplomatik bosimni kuçaytiriş va Pokistonga qarşi jangovar harakatlarini oqlaş maqsadida Pulvam okrugida bölganidek yangi voqeani rejalaştirişi mumkin", - dedi vazir.
Xabar qilinişiça, Pokiston Hindistonning tinçlikni buzişga urinişi haqida BMT Xavfsizlik kengaşining barça doimiy a'zolarini xabardor qilgan.
Avvalroq Kaşmir hududida Hindiston va Pokiston harbiylari bir-birlarining pozitsiyalarini öqqa tutişgani xabar qilingandi.












