Polşa Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Varşavaga yetkazilgan ziyonni qoplaş sifatida Germaniyadan 900 mlrd dollar talab qilmoqda. Bu haqda Polşa seymi deputati Yanuş Şevçak Wpolityce naşriga bergan intervyusida aytib ötdi. 

Deputat uruş uçun kompensatsiya tölanişi mavzusining Polşa tomonidan 30 yil e'tiborsiz qoldirilganini şarmandalik deb atagan. Uning aytişiça, uşbu qonun loyihasini Berlinga beriş uçun faqat “Qonun va adolat” partiyasi amaliy çoralar körgan.

Şevçakning ta'kidlaşiça, kompensatsiya talabi agar faşistlar Polşani talon-taroj qilmaganda va u yerda oğir jinoyatlar sodir etmaganda hozirda Polşa yanada gullayotgan davlat bölişi mumkinligi bilan boğlangan.

“Germaniya reparatsiyani tölaş uçun munosib moliyaviy mablağlarni tayyorlab qöyişi lozim”, deb aytgan deputat.

Reparatsiya mavzusi Polşada 2017 yildan boşlab muhokama qilina boşlangan. Polşa hukumati mamlakat “Berlinning okkupatsiya siyosati sababli Yevropaning barça davlatlaridan köproq ziyon körgan” deb hisoblaydi.

Germaniyada esa biror-bir tölovga asos körmayotganlari, çunki Polşa 1953 yilda reparatsiyadan rasman voz keçgani aytib kelinadi.