AQŞ marşal Halifa Haftar armiyasi bölinmalaridan Liviya poytaxti Tripoliga yurişni darhol töxtatişni talab qildi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo aytib ötdi.
“AQŞ Tripoli yaqinidagi jangovar harakatlardan xavotirda. Biz Halifa Haftar kuçlarining hujumiga qarşi ekanligimizni ravşan tuşuntirdik va Liviya poytaxtiga qarşi bu harbiy operatsiyalarni darhol töxtatişga çaqiramiz. Kuçlar avvalgi pozitsiyalariga qaytişi lozim”, deb aytilgan Pompeoning yozma bayonotida.
Davlat kotibining aytişiça, “Tripoliga bir tomonlama hujum oddiy fuqarolar hayotiga xavf soladi va liviyaliklar uçun yaxşiroq kelajakka istiqbollarga putur yetkazadi”.
Pompeoning ta'kidlaşiça, AQŞ ixtilofning harbiy yeçimi yöqligiga işonçi komil. “Şu sababli AQŞ xalqaro maydondagi şeriklari bilan Liviya yetakçilariga BMT boş kotibining maxsus vakili vositaçiligida siyosiy muzokaralarga qaytişlari uçun bosim ötkazişni davom ettirmoqda. Siyosiy yeçim – mamlakatni birlaştiriş uçun yagona yöldir”, deb öz sözlarini yakunlagan AQŞ davlat kotibi.













