2019 yil 28 mart kuni Farğona viloyatining Özbekiston tumani Döstlarobod mahallasida yaşovçi R.T. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

U şu yil 22 martga ötar keçasi noma'lum şaxs uyidan 11 million söm puli, 700 AQŞ dollari, noutbuki, 2 dona televizor tyuneri, ayollar ziragi, “Samsung” va “Alkatel” rusumli mobil telefonlarini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Beşariq tumani Rapqon qişloğida yaşovçi M.M. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan. 

Xabarda qayd etilişiça, tergov harakatlari davom etmoqda.