Özbekiston Superligasining 3-turida «Surxon»ga qarşi Jizzaxda keçgan va 0:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin «Söğdiyona» boş murabbiyi Sergey Luşan iste'foga çiqarildi.

«Bu öyin uçun jizzaxlik barça muxlislardan uzr sörayman. Mağlubiyat uçun javobgarlikni zimmamga olaman.

Heç kimga ham e'tirozim yöq, nima bölgan bölsa öyingaça bölgan. Men taktika tanlaşda ham, tarkib tanlaşda ham xato qildim.

Yana bir bor barçadan uzr sörayman. Men klub rahbariyatining har qanday qarorini qabul qilaman. Körişgunça», degan murabbiy.

Tribuna.uz muxbiri xabar berişiça, klub rahbariyati boş murabbiyni qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga çiqarişga qaror qilgan.

Jizzaxliklar Superliganing 1-turida «Bunyodkor»ni yengişgandi (2:1), 2-turda esa jamoa «Nasaf»ga qarşi safar öyinida mağlub böldi (1:3). «Surxon»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin «Söğdiyona» 3 oçko bilan turnir jadvalida 10-örinda joylaşgan.

2011-17 yillarda «Bunyodkor» klubida işlagan Sergey Luşan 2018 yilning aprelida «Söğdiyona» boşqaruviga kelgandi. Jizzaxliklar jamoasi rahbariyati 2018 yilning dekabrida uşbu murabbiy ştabi bilan hamkorlikni uzaytirgandi.