Ayni kunlarda Özbekiston yoşlari delegatsiyasi Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu-York şahridagi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş qarorgohida bölib turibdi.

Bu yerda davlat rahbari tomonidan BMT Boş Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan BMTning Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiyasini işlab çiqiş taşabbusiga bağişlangan muhokama taşkil etildi.

Unda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev sözga çiqib, Özbekistonning yoşlar siyosatidagi pozitsiyasi, yurtimizda yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida BMT minbarida turib gapirdi.

Şundan söng, mamlakat delegatsiyasi Birlaşgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya kabi bir qator davlatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama aloqalarni yölga qöyiş böyiça kelişib olindi.
Bugun mazkur mamlakatlar yoşlar taşkilotlari bilan Özbekiston yoşlari ittifoqi örtasida ikki tomonlama aloqalarni muhokama qiliş közda tutilgan.

Şuningdek, delegatsiya Irlandiya, Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Daniya kabi davlatlar bilan muzokaralar olib borişi rejalaştirilgan.










