Marşal Halifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi kuçlari poytaxt Tripolidagi yagona işlovçi aeroport – Mitigaga zarbalar berdi. Bu haqda Fayoz Sarroj boşçiligidagi milliy kelişuv hukumati (MKH) tezkor ştabi ma'lum qildi.

OAV ma'lumotiga köra, qurolli ziddiyat boşlanganidan buyon 32 kişi halok böldi va 50 kişi yaralandi.

Şu sababli poytaxtni taşqi dunyo bilan boğlovçi yagona aeroportda barça parvozlar töxtatilgan. MKHda milliy armiya harakatlari fuqarolik aviatsiyasi parvozlari xavfsizligi va tinç aholi hayotiga xavf solişi ta'kidlab ötilgan.

Tripolidan 11 km uzoqlikda joylaşgan Mitiga aeroporti avval harbiy aerodrom vazifasini bajargan. Mitiga 4 yil avval poytaxtdan 34 km uzoqlikda joylaşgan Tripoli aeroporti qarama-qarşi guruhlar örtasidagi janglardan keyin yaroqsiz holga kelgandan söng Tripolidagi yagona işlovçi aeroport bölgan. Hozirda bu ikkala aeroport ham MKH tomonidan nazorat qilinadi.