Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev 9 aprel, seşanba kuni mahalliy telekanallar efirida mamlakat fuqarolariga murojaat bilan çiqadi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda, deya yozadi RIA «Novosti».
Qayd etilişiça, murojaat translatsiyasi Nur-Sulton vaqti bilan soat 13:00 (Toşkent vaqti bilan 12:00)da boşlanadi.
Töqayev nima haqida gapirişiga aniqlik kiritilmagan. Ba'zi mutaxassislarning fikriga köra, u muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlari ötkazilişi haqida e'lon qilişi mumkin.
20 mart kuni Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev iste'foga çiqdi. Mamlakatga Qosim-Jomart Töqayev rahbarlik qilmoqda.
Bundan oldin, Qozoğiston moliya vaziri örinbosari poytaxt nomida adaşib ketgani xabar berilgandi.












