Ruminiyaning sobiq prezidenti Ion Iliyesku 1989 yildagi inqilob vaqtida insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etişda rasman ayblandi.
Ruminiyada 1989 yil dekabrda Nikolaye Çauşesku diktaturasi ağdarilişidan keyingi bir neça kun davomida yuzlab fuqarolar va harbiylarning ölimi sababi va tafsilotlari tergovi öz yakuniga yetdi.
Prokurorlar Iliyeskuni 1989 yil dekabrda hokimiyat va siyosiy legitimlik oliş maqsadida guruh tuzişda ayblaşgan.
Prokurorlarning ta'kidlaşiça, guruh Ruminiyaning öşa vaqtdagi rahbari Nikolaye Çauşesku 1989 yil 22 dekabrda poytaxtni tark etgandan keyin bayonotlar va televideniye orqali yolğon axborot tarqatişda iştirok etgan. Bu esa tartibsiz otişmalar, qurolli töqnaşuvlar va aholining ommaviy psixoziga hamda Çauşesku tuzumi ağdarilgandan keyin 862 kişining ölimiga, 2150 kişining yaralanişiga olib kelgan.
Tergov versiyasiga köra, öşanda qöşinlar tomonidan 13 mlnta öq qöllangan. Çauşeskuga ayb qöyilişi va uning rafiqasi bilan birga tezlikda qatl etilişi ham uşbu sxemaning bir qismi bölgan.
Hozirça Iliyeskuning sudi sanasi belgilanganman.
89 yoşli Iliyesku diktator Nikolaye Çauşeskuga qarşi isyon kötarilişidan keyin tanilgan. Biroq hokimiyatning ötişi vaqtida yuzlab odamlar halok bölgan.
Iliyesku 1990 yil fevralda muvaqqat parlament tomonidan prezident vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tasdiqlangan va 1990-1996 hamda 2000-2004 yillar davomida Ruminiya prezidenti lavozimini egallagan.
Iliyeskuga mamlakatda va xorijda qarşi çiquvçilar uni va Ruminiyaning yetakçi siyosatçilarini islohotlarga tösqinlik qilişda va kommunistik partiyadan qolgan siyosiy merosni himoyalaşda ayblab kelişadi.
Iliyeskuning özi aybdor emasligini ta'kidlab keladi.











