Departamentning Yangiyöl şahar bölimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tekşirişda, Yangiyöl tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tuğruq bölimi akuşer-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning çaqaloğini fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tuğruq haqida soxta hujjatlar rasmiylaştiriş orqali sotib yuborganligi aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, 100 AQŞ dollari evaziga  sotib yuborilgan 01.04.2019 yilda tuğilgan qiz bola göyoki «öldi»  deb xabar berilgan, bu haqda heç qanday ma'lumot qayd etmasdan,  u fuqaro S.M.  nomiga rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.