Jamiyat | 10:17 / 10.04.2019
5897
2 daqiqa o‘qiladi

Leykozga chalingan bolalarga yordam beruvchi xayriya fondini yaratish taklif etildi

Foto: ukr.media

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida leykoz (oq qon) kasalligiga chalingan bolalarga yordam beruvchi xayriya fondini yaratish haqida petitsiya e'lon qilingan.

Bildirilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda leykoz (oq qon) kasalligiga chalingan bemorlar soni ortib bormoqda.

“Afsuski, davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar qimmat, deyarli barcha dorilar chet davlatlardan olib kelinadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Shu sababdan, leykoz (oq qon) kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga, birinchi navbatda bolalarga yordam beruvchi, davlat hammuassisligida xayriya fondini tuzishni taklif qilingan. 

“Jamoat joylarida “oq qonga chalingan bemorlarni davolash uchun” deb yozilgan ehson qutilari o‘rnatilsa, har haftada xolislar guvohligida qutilar ochilib, bankka topshirilsa, yig‘ilgan pullardan dori-darmon sotib olish va bemorlarga tarqatishda foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu ko‘plab bemorlarga juda zarur yordamni o‘z vaqtida olishiga sabab bo‘ladi”, - deyiladi petitsiyada.

Mavzuga oid