«Tottenhem» hujumçisi Son Xyon Min UYeFA Çempionlar Ligasi çorak finalidan örin olgan «Mançester Siti»ga qarşi öyinda (1:0) jamoasiga ğalaba keltirgan golga mualliflik qildi. Şu kuni Çempionlar Ligasida 50-öyinini ötkazgan janubiy koreyalik futbolçi köhna qit'aning eng yirik musobaqasida 10-golini urdi.

Son osiyolik futbolçilar içida UYeFA Çempionlar Ligasida 10 ta gol urgan ikkinçi futbolçiga aylandi. Oldinroq bunday natijani osiyolik futbolçilar içida faqat özbekistonlik Maksim Şatskix qayd etgan. Özbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanuvçi Şatskix «Dinamo» Kiyev safida YeÇL bahslarida 11 ta gol urgan.

Şatskix Çempionlar Ligasida «Real» (2 ta), «Yuventus», «Nyukasl» (2 ta), «Arsenal», «Roma», «Lokomotiv» kabi jamoalar darvozasiga gol urgan.

Foto: Denis Doyle/Getty Images