Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiyaning xatti-harakatlarini sanksiyalar bilan tenglaştirdi. Bu haqda BelTA xabar bergan.

U Belarusdan olmalar olib kirişga çeklov joriy qilgan Rossiyaning harakatlarini qoralab çiqdi.

«U yerda şu darajada surbet bölib qolişdiki, hatto bizning qöllarimizni qayira boşlaşdi», - deya ma'lum qilgan Lukaşenko.

Belarus prezidentining sözlariga köra, Rossiya ğarb sanksiyalarini tanqid qilib va ayni paytda öz şeriklariga qarşi çeklovlar joriy etib, xato yöl tutyapti.

«Ularning özi sanksiyalar ostida bölib turibdi va buni qoralaşmoqda. Men ularni bu borada butunlay qöllab-quvvatlayman. Şu bilan birga, ular özlarining ittifoqçilariga qarşi şunga öxşaş qurol bilan kuraşmoqda», - dedi Lukaşenko.

Avvalroq, Rosselxoznadzor 12 apreldan boşlab Belarusdan olma va nok olib kirişga taqiq qöygani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bundan oldin, Lukaşenko fermaga taşrifidan keyin boş vazir örinbosari, vazir va gubernatorni işdan haydagandi.