Çorak finalning «Old Trafford»da keçgan birinçi öyinida kataloniyaliklarning minimal ustunligi qayd etildi (1:0).
Çempionlar ligasi. 1/4 final. Birinçi öyin
«Mançester Yunayted» (Angliya) – «Barselona» (Ispaniya) – 0:1 (0:1)
Gol: Şou, 12 – avtogol.
«Mançester Yunayted»: de Xea, Yang, Smolling, Lindelef, Şou, Maktominey, Fred, Pogba, Dalot (Lingard, 74), Reşford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsiyal, 68).
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Artur (Serji Roberto, 66), Buskets (Alenya, 90+3), Rakitiç, Messi, Suares, Koutinyu (Vidal, 65).
Ogohlantirişlar: Buskets, 18. Şou, 19. Vidal, 71. Lingard, 76. Smolling, 86.
Hakam: Rokki (Italiya).
10 aprel. Mançester. «Old Trafford» stadioni.
Javob öyini - 16 aprel.
Maradonadan Messigaça
«Barselona» va «Mançester Yunayted»ning xalqaro maydonlardagi uçraşuvlari afsonaviy argentinalik futbolçi Diyego Maradona futbol öynagan davrlarda boşlangan - 1983-84 yilgi mavsumda bu ikki jamoa Kubok egalari kubogi turnirida bahs olib borişgan. Bu qarama-qarşilik boşqa bir argentinalik futbol dahosi Lionel Messi iştirokida davom etib kelmoqda. Ötgan asrda Maradona boşçiligidagi jamoa Kubok egalari kubogining çorakfinalida «MYu»ga ikki uçraşuv natijasiga köra 2:3 hisobida mağlub bölgan, Messi boşçiligidagi kök-anorranglilar esa uç yilda ikki marta mançesterliklarni Çempionlar ligasi finalida mağlub etgan. 2009 yilda Rimdagi finalda Gvardiola jamoasi özining ilk katta sovrinini yutib olgandi, 2011 yilda «Uembli»dagi finalga kelib bu jamoa mukammallaşib bölgani jahonga köz-köz qilingandi.
Londondagi öşa oqşomdan keyin bu jamoalarning yöllari kesişmadi - Mançesterdagi birinçi öyin 8 yildan keyingi dastlabkisi edi. Kök-anorranglilar yana bir marta «Orzular teatri»ni zabt etiş orzusiga erişiş uçun maydonga çiqişdi: «Barsa» şu vaqtgaça «MYu» stadionidan ğalaba bilan qaytmagandi (+0=2-2, töplar nisbati 5-9).
«Barselona»ning faolligi
Sulşer bu öyinga ideal tarkibni tuşira olmasdi - Valensiya, Darmian, Bayi, Errera va Mata jarohatlar tufayli jamoaga yordam bera olmasdi.
Mehmonlar ötgan yil çorak finalida «Roma»ga qarşi muvaffaqiyatsizlikni yoddan çiqarmagan holda (öşanda jamoa öz uyidagi birinçi öyinda 4:1 hisobidagi işonçli ğalabaga erişib, javob öyinida 0:3 hisobida yutqazib qöygan va çorak finalda qolib ketgandi), darhol öyinni öz qöliga oldi. Koutino-Alba boğlami öyinning ilk daqiqalaridanoq faol harakatqildi, Buskets esa maydon markazini nazorat qila boşladi, u töp uçun keskin kuraşlarga qöşilib, 5-daqiqadayoq sariqqa tortadigan fol işlatdi va hakam uni birinçi safar keçirdi. Reşford esa bu foldan keyin belgilangan jarima zarbasini golga aylantirişiga bir baxya qoldi.














