Joriy yil 9 aprel kuni asli kelib çiqişi özbekistonlik, hozirgi kunda Qozoğiston Respublikasida öz tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan Fattoh Şodiyev delegatsiyasini Sirdaryo viloyati hokimi Ğafurjon Mirzayev kutib oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, uçraşuvda delegatsiya a'zolari Fattoh Şodiyev taşabbusi bilan “Şodiyev Xalqaro fondi” jamğarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş, xususan Sirdaryo xalqining turmuş tarzini yanada yaxşilaş, obodonlaştiriş, bunyodkorlik işlari uçun homiylik hisobiga 40 mlrd. söm mablağ ajratilişi rejalaştirilganligini aytib ötdi.

Keça ajratilişi rejalaştirilgan mablağning qariyb 30 mlrd. sömi viloyatning maxsus hisob raqamiga kelib tuşgan.

Özbek milliarderi Fattoh Şodiyev haqida nimalarni bilamiz?

Bildirilişiça, mazkur mablağlar “Obod qişloq” dasturi doirasida amalga oşirilişi belgilangan viloyatning çekka qişloqlarini obodonlaştiriş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini, avtomobil yöllarini, oqova suv tizimlarini mukammal ta'mirlaş, aholini turmuş tarzini yaxşilaş uçun yönaltiriladi. 

Şuningdek, mablağning bir qismi prezident taşabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan “Xovos city” qurilişiga sarflanişi közda tutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Fattoh Şodiyev dastlabki iş faoliyatini Sirdaryo viloyatidan boşlagan, deyiladi xabarda.