Bugun, 11 aprel kuni soat 11:30larda Toşkent viloyati Ohangaron tumanidan ötuvçi A373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 26-kilometrida haydovçi, 1978 yilda tuğilgan, Namangan viloyatida yaşovçi Ğ.M. “Neksiya” rusumli avtoulovni Namangan viloyatidan Toşkent şahri tomonga boşqarib ketayotib, şu yönalişda oldinda harakatlanayotib ketayotgan haydovçi, 1996 yilda tuğilgan, Toşkent viloyatida yaşovçi N.A. boşqaruvida bölgan “Neksiya” rusumli avtoulovining orqa yon qismiga borib urilgan.

Natijada, oldinda harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomobili haydovçisi, Toşkent viloyatida röyxatda turuvçi N.A. rul boşqaruvini yöqotib, qatnov qismini ikkiga ajratib turuvçi temir tösiqqa borib urilib yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Yöl-transport hodisasi natijasida temir tösiqqa borib urilgan “Neksiya” avtomobili yölovçilari - 2000 yilda tuğilgan A.O. va 2000 yilda tuğilgan M.U. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki suriştiruv va tergov işlari olib borilmoqda.











