Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni ikki kunlik davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keladi. 

Davlat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayevning Qozoğiston Prezidenti lavozimiga kirişganidan ilk bor uçraşişadi, deya xabar beradi Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati. 

Tor va kengaytirilgan tarkibda ötkazilişi rejalaştirilgan muzokaralarda ikki tomonlama döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilinadi, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlari körib çiqiladi. 

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almaşişadi. 

Davlat rahbarlarining Qöşma bayonotini qabul qiliş, şuningdek, mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali munosabatlarni rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş közda tutilgan.

Prezidentlar qöşni qardoş mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan Özbekiston yilining mantiqiy davomi böladigan Özbekistonda Qozoğiston yilining rasmiy oçiliş marosimida ham iştirok etadilar. Mazkur yil tadbirlari Qozoğiston san'at ustalarining konserti bilan boşlanadi.