AQŞ prezidenti Donald Tramp WikiLeaks taşkiloti va uning asosçisi Julian Assanjning hibsga olingani haqida heç narsa bilmasligini aytdi.

Avvalroq Assanj 2012 yildan beri yaşirinib kelgan Ekvadorning Londondagi elçixonasi unga diplomatik boşpana berişdan voz keçişga qaror qilgan. Şundan keyin Britaniya politsiyasi Assanj hibsga olinganini ma'lum qilgan. 

AQŞ adliya vazirligi Assanjni AQŞ hukumatining maxfiy kompyuter tizimini buzib kiriş maqsadida sobiq razvedkaçi Çelsi Menning bilan til biriktirişda ayblamoqda.

“Men WikiLeaks haqida heç narsa bilmayman. Bu mening mavzuim emas”, deb izoh bergan vaziyatga Tramp. AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, u şuningdek Assanjning hibsga olinganidan ham bexabar. Tramp keyingi qadamlar boş prokuror ixtiyorida ekanligini qöşimça qilgan. 

“Menda heç qanday fikr yöq”, deb javob qilgan Tramp Assanjga AQŞda bildirilgan ayblovlarga munosabati haqidagi savolga.

Ta'kidlanişiça, Tramp 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida WikiLeaks faoliyatini ma'qullaşini aytgan.