MIBning Amudaryo tuman bölimi iş yurituviga Qoraqalpoğiston Respublikasi iqtisodiyot sudining qarzdor AJdan undiruvçi “Sapaly Kurylys” MÇJ foydasiga 979,9 mln söm qarzdorlik undiruvi bilan boğliq ijro varaqasi kelib tuşadi va ijro işi qözğatiladi.
Ijro hujjatining ijrosini ta'minlaş maqsadida, qarzdorning bankdagi barça hisob raqamlariga band solingan hamda hisob raqamida pul mablağlari yetarli bölmaganligi sababli qarzdorga tegişli bölgan mehmonxona va omborxona binolari xatlovga olinib, baholanadi hamda elektron onlayn-auksion orqali savdoga çiqariladi.
Ötkazilgan elektron-onlayn auksionda mol-mulklar sotilmaganligi sababli, 372,9 mln. sömga baholangan mol-mulklar undiruvçi “Sapaly Kurylys” MÇJga qarzdorlik evaziga öz balansiga oliş böyiça taklif qilinadi va undiruvçi roziligi bilan balansiga ötkazib berildi.
Şuningdek, Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 465 mln. söm, keyinçalik yana 141,9 mln. söm undiruvçining hisob raqamiga ötkazib beriladi.
Jami bölib esa 979,9 mln. söm undirildi, deya xabar berdi MIB.












