Özbekistonda işsizlik nafaqasi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga tenglaştirilgan holda oşiriladi. Bu haqda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Uning sözlariga köra, bugungi kunda 577 172 sömni taşkil etuvçi MHTEKM örniga «bazaviy hisob-kitob ölçovi» termini joriy etiladi.
«Hozirda işsizlik nafaqasini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori darajasigaça oşirmoqdamiz. Bu körsatkiçni bazaviy hisob-kitob ölçovi deb ataymiz. Davlat xalq oldidagi konstitutsion majburiyatini bajarişi uçun odamlarni iş bilan ta'minlaşimiz kerak. Buni qila olmadikmi, nafaqa tölaşimiz şart. Iqtisodiy riçag işlaşi uçun işsizlik nafaqasini oşirişimiz kerak », – dedi Kubdiyev.
U şu bilan birga hozirda «iqtisodiy funksiyasini bajarmayotganligi» sababli deyarli heç kim işsizlik nafaqasi sörab murojaat qilmayotganligini qayd etdi. Nafaqa undirişga erişganlar esa «asosan eng kam iş haqiga teng miqdorda – 202730 söm» nafaqa olişmoqda.













