Superligada 4-turdan örin olgan bir öyin yakunlandi.
«Nasaf» öz maydonida «Navbahor» bilan bellaşdi va 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona gol 31-daqiqada Aleksandr Kasyan tomonidan urildi. Bu Namangan klubining mavsumdagi 1-ğalabasi böldi.
Bu natijadan söng, har ikkala jamoa hisobida 4 oçko bor. Töplar nisbatiga köra «Nasaf» 7-örinda, «Navbahor» 9-örinda boryapti.
Superliga, 4-tur
12 aprel, Qarşi, «Nasaf» stadioni
Nasaf (Qarşi) – Navbahor (Namangan) 0:1
Gol: Aleksandr Kasyan (31)












