Xalq ta'limi vazirligi Prezident maktablari haqidagi maqola yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Prezident maktablariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha Next Step Up School kompaniyasi tomonidan matbuotda e'lon qilingan “Kimning bilimi kuchliroq” (“Kto kruche v znaniyax”) loyihasini ishga tushirilishi haqida izoh berdi.
Vazirlik izohida aytilishicha, Next Step Up School kompaniyasi yoki uning boshlig‘i Muhayyo Zayrovaning Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.
Ushbu maqolada xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Prezident maktablariga kirishda ingliz tili asosiy mezon ekanligi haqida fikr bildirdi, deya ta'kidlangan. Vazir o‘zining Facebook sahifasida ota-onalarga: “Farzandingizni Prezident maktablarida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang!”, deb yozgan. Bunga sabab, Prezident maktablarida xorijlik pedagoglar o‘quvchilarga ingliz tilida ta'lim berilishi ko‘rsatilgan, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov hech qachon o‘quvchilarni Prezident maktabiga qabul qilishda ingliz tilini bilish darajasi asosiy mezon bo‘lishi haqida aytmagan.
Shuningdek, maqolada Muhayyo Zayrova Prezident maktabida o‘qishga tayyorlash va qabul qilish bo‘yicha ota-onalarning barcha savollariga javob berishga tayyor ekanligi qayd etilgan.
Bildirilishicha, ayni paytda Xalq ta'limi vazirligi hamda Cambridge Assessment Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish borasida ish olib bormoqda. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va iqtidorli o‘g‘il-qizlarni tanlash mezonlari hali tasdiqlanmagan.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablarining rasmiy sahifalari ishga tushirildi. Ushbu sahifalarda Prezident maktablariga oid barcha rasmiy ma'lumotlar tezkorlik bilan berib boriladi. Joriy yilda Toshkent, Xiva, Nukus hamda Namanganda Prezident maktablari tashkil etiladi, deyiladi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
21:00 / 26.01.2023
Ta’limdagi ishlarimiz nega samarasiz bo‘lmoqda? - ekspertlar bilan intervyu
22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi
18:44 / 15.01.2023
Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi
07:02 / 13.10.2022