Özbekistonda yöl harakati qoidalariga kiritilgan yangi özgartirişlar böyiça jarimaga tortiş bir oydan söng boşlanişi mumkin. Bu haqda Toşkent şahar IIBBda bölib ötayotgan tadbirda IIBB boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.  

Uning sözlariga köra, uşbu bir oy davomida tegişli normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiş kiritiladi. Xususan, köplab munozaralarga sabab bölayotgan yorituvçi çiroqlar böyiça iqlim şaroitlari hisobga olinişi mumkin.

Şuningdek, A.Umarxonovning bildirişiça, şu paytga qadar notöğri töxtab turiş uçun 7179ta holatda jarima qöllanilgan.

Eslatib ötamiz, hukumatning 2019 yil 9 apreldagi Yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qarori qabul qilindi.

Unga köra:

svetoforning taqiqlovçi işorasida töxtaş çiziği oldida töxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi töxtaş çiziği ustiga çiqib ketmasligi kerak;

Toşkent şahar va viloyat hokimlari ayrim yöl uçastkalarida harakat tezligini (tegişli yöl belgilarini örnatiş) pasaytirişga vakolatli;

aholi punktlarida ikkita harakat bölagi bölgan va örtada tramvay izi bölmagan bir tomonlama harakatli yöllarda töxtaşga ruxsat etiladi;

aylanma harakat çorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;

kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi çiroqlarni yoqib harakatlanişi şart;

quriliş materiallari, qişloq xöjaligi mahsulotlari, oziq ovqat va şu kabi tökiluvçi tovarlarini taşişda yuk majburiy tartibda brezent yoki boşqa qalin material yopilgan bölişi kerak;

velosiped va moped haydaşda rulni uşlamasdan yoki bir qölda uşlab harakatlaniş taqiqlanadi.