«Yuventus» «Benfika»dan yoş vinger Joau Felişni sotib oliş taraddudiga tuşdi.

Tuttosport ma'lumotiga köra, 19 yoşli portugaliyalikning transferi Turin klubiga kamida 100 mln yevroga tuşişi mumkin. «Keksa sinora» şu maqsadda hujumçi Paulo Dibalani sotib yuborişga tayyor.

Eslatib ötamiz, Feliş kuni keça Yevropa ligasi çorak finali doirasida «Ayntraxt»ga qarşi Lissabonda keçgan ilk öyinda (4:2) uçta gol va bitta golli pas muallifi bölgandi. Natijada u musobaqa tarixida het-trik qayd etgan eng yoş futbolçiga aylaniş barobarida xalqaro miqyosdagi ilk şaxsiy sovrinini qölga kiritdi – Yevropa ligasida haftaning eng yaxşi futbolçisi böldi.

Ma'lumot uçun, Joau «Portu» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U portuliklar akademiyasida 7 yil şuğullanib, söng poytaxtga yöl olgan va «Benfika» tarkibiga qöşilgan. Professional futboldagi debyuti şu mavsum boşiga töğri keladi. Hozirga qadar Portugaliya çempionatining 20ta öyinida 10ta gol va 4ta samarali uzatma muallifi bölgan.