Dam oliş kunlari Yevropaning «Kuçli beşlik» çempionatlarida navbatdagi tur öyinlari ötkazildi. Angliyada yetakçilar hamon quvlaşmaçoqni davom ettirişmoqda. La Ligada 32-tur «Barselona»ning oçko yöqotişi bilan yodda qoldi. Italiya va Fransiyada yetakçilar çempionlikni nişonlaş imkonini qöldan boy berişdi. Quyida haftaning şu va boşqa esda qolarli voqealarini eslaymiz.

Angliya

«Muşuk-siçqon» öyini davom etdi

Angliyada çempionlik uçun raqobat şunçalik qizidiki, yetakçi soatiga almaşmoqda. 34-turda «Kristal Pelas» mehmoni bölgan «Mançester Siti» 3:1 hisobida ğalaba qozondi va turnir jadvalida yetakçiga aylanib oldi. «Pelas» birinçi davrada «Siti»ni «Ittihod»da 3:2 hisobida mağlub etib, çempionlik poygasiga bevosita ta'sir qilgandi. Biroq «Liverpul» sobiq murabbiyi Roy Xojson jamoasi bu gal «Siti»ni oyoğidan çala olmadi.

34-turning marakaziy bahsida «Çelsi»ni qabul qilgan «Liverpul» esa tur öyinini «Siti»ning öyini tugaşidan 30 daqiqa ötib boşladi va ğolib böldi. Şu tariqa Klopp jamoasi oçkolar sonini 85 taga yetkazib, jadvalda yana yetakçiga aylandi.

Biroq «Liverpul» ham faqat vaqtinça yetakçiga aylandi. Çunki hozirda 83 oçko töplagan «Mançester Siti» hisobida bitta zaxira öyini bor va 25 aprel kuni Gvardiola jamoasi «Old Trafford»da «MYu» mehmoni böladi. Qoldirilgan maqomida bölgan bu öyinda amalda APL çempionligi taqdiri hal böladi.

Saloh barçani içki xotirjamlikka çorladi va «Çelsi» muxlislariga munosib javob berdi

Yuqorida «Liverpul» haftaning markaziy bahsida «Çelsi»ni qabul qilganini aytdik. Bu bahsda Muhammad Saloh qahramon böldi. U sobiq jamoasi darvozasiga fantastik gol urdi va golini «içki xotirjamlikka» çorlab nişonladi. Saloh oldingi safar «Çelsi»ga gol urib, golini nişonlamagandi. Biroq bu gal golni nişonlaşga sabab bor edi...

«Çelsi»ning Yevropa Ligasi doirasidagi «Slaviya»ga qarşi öyinida söng Pragadagi barlardan birida «Çelsi» muxlislari «Salah is a bomber» (Saloh bomba portlatuvçi, qöporuvçi) deb qöşiq kuylaşgandi... Balki Saloh ularga e'tibor ham bermagandir, lekin uning super goli «Çelsi» muxlislariga «sovğa» böldi.

Qutqaruvçi Moura

«Tottenhem» Çempionlar Ligasi çorak finalining birinçi öyinida «Mançester Siti»ni mağlub etdi, lekin öşa kuni jamoaning ikki asosiy yetakçilari Xarri Keyn hamda Dele Allilar jarohat olişdi. Biroq Keyn ötgan safar jarohat olgani kabi bu safar ham Keynsiz «Tottehem» ğalaba qozondi (oldingi safar Keyn jarohat olganda «Tottenhem» APLda uçta ğalabali seriya qayd etgandi).