Liviyalik feldmarşal Halifa Haftar öz qöşinlarining Liviya poytaxti Tripoliga hujumi avjidaligi vaqtida Misrga safar uyuştirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Haftar Qohiraga kelgan. Feldmarşal u yerda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan muzokaralar ötkazgan. Uçraşuvda Liviyadagi vaziyat muhokama qilingan. boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Agentlikning ta'kidlaşiça, uçraşuvdan olingan suratlarga köra, muzokaralarda Misr umumiy razvedka boşqarmasi rahbari Abbos Kamol ham iştirok etgan.
Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Liviyada jangovar harakatlar boşlangandan keyin 121 kişi halok bölgani, 561 kişi yaralanganini ma'lum qilgan.
12 aprelda Saudiya Arabistoni Haftarga Tripolini egallaş böyiça operatsiya uçun moliyaviy yordam taklif qilgani xabar qilingan.
Haftar boşçiligida Liviya milliy armiyasining Tripoliga yurişi 4 aprelda boşlangan.












