«Benfika» hujumçisi Joau Feliş öziga jiddiy qiziqiş bildirayotgan «Yuventus»ga ötişga rozi, deb xabar tarqatdi Calciomercato.

Manbaga köra, 19 yoşli portugal unga befarq bölmagan «Mançester Siti», «Mançester Yunayted» va «Real» klublaridan köra «Yuventus» loyihasiga köproq qiziqiş bildirmoqda.

Qöşimça qilinişiça, Joauning agenti Jorjye Mendeş va «Yuve» rahbariyati örtasida iliq munosabatlar mavjud. Agent «Benfika» bilan şartnoma uzaytirilişiga qarşi bölmoqda. Bitimda Felişning transfer qiymati 120 mln yevro deb körsatilgan, ammo Lissabon klubi kelişuvni yangilaş orqali bu miqdorni 200 millionga oşirişni möljallamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Benfika» Feliş transferi yuzasidan turinliklar klubining 75 mln yevrolik taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi.

Ma'lumot uçun, Joau «Portu» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U portuliklar akademiyasida 7 yil şuğullanib, söng poytaxtga yöl olgan va «Benfika» tarkibiga qöşilgan. Professional futboldagi debyuti şu mavsum boşiga töğri keladi. Hozirga qadar Portugaliya çempionatining 21ta öyinida 11ta gol va 6ta samarali uzatma muallifi bölgan.