2018 yilning noyabr oyida Kun.uz tadbirkor Muhammadbobur Xöjayev murojaati asosida suriştiruv ötkazgandi. Bu murojaat böyiça tayyorlangan «Bir kunda 600 ming dollardan ortiq mablağ yöqotdim». Toşkentda tadbirkor qurayotgan uylar buzib taşlandi» sarlavhali maqolada tadbirkorning Mirzo Uluğbek tumani «Avayxon» mahallasi hududida qurilayotgan 3 qavatli turar-joy binosi şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev nazoratida buzib taşlangani bayon qilingandi.

Ma'lum muddat ötgaç, tadbirkor muammolari çet el ommaviy axborot vositalarida ham yoritildi. Muhammadbobur Xöjayev Toşkent şahri hokimini şahardagi quriliş bozorini «monopoliyaga aylantiriş»da, arzon uy qurayotgan tadbirkorni «quriliş bozoridan siqib çiqariş»da ayblagandi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Avvaliga, 28 mart kuni Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati OAVda e'lon qilingan «axborot xurujlari»ga munosabat bildirdi. Unda «biznesda omadi yurişmagan tadbirkor isbotsiz şov-şuvli materiallar bilan mahalliy hokimiyat idoralari nomini qora qilayotgani» tanqid qilingandi.

5 aprel kuni esa Toşkent şahar hokimligida jamoatçilik muhokamalariga sabab bölayotgan muammo yuzasidan matbuot uçun brifing bölib ötdi va unda tanganing ikkinçi tarafi ham körindi. Şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev brifingda muammo yuzasidan fikrlarini aytib ötdi va investor bilan yuzma-yuz muloqot ötkazişga tayyorligini ma'lum qildi.

«Tadbirkor Muhammadbobur Xöjayevni umrimda körmaganman, gaplaşmaganman ham. Men töğrimda ommaviy axborot vositalarida har xil fikrlar bildirmoqda. Tadbirkor bilan alohida ham, ommaviy axborot vositalari oldida ham suhbatlaşişga tayyorman. Marhamat, kelsin.

Öşa is gazidan nobud bölgan insonlar, u qurgan uylar va uni qabul qilib olgan mansabdor şaxslar yuzasidan sud işlari ketmoqda. Kerak bölsa, hammasi jinoiy javobgarlikka tortiladi», - deydi şahar hokimi. Şundan söng hokim rejalaştirilgan rasmiy uçraşuvlari borligini aytib, brifingni davom ettirişni öz vakillariga topşirdi.