«Bir kunda 600 ming dollardan ortiq mablağ yöqotdim». Toşkentda tadbirkor qurayotgan uylar buzib taşlandi
|23:23 / 23.11.2018148 5708 min
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda yoş tadbirkorning prezident va xalqqa murojaati yöllangan videotasvir tarqalgandi. Unda joriy yilning 4 noyabr kuni tadbirkor Muhammadbobur Xöjayev tomonidan Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani «Avayxon» mahallasi hududida qurilayotgan 3 qavatli turar-joy binosi şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev nazoratida buzib taşlangani aytilgandi. Mazkur holat yuzasidan KUN.UZ tahririyati jurnalistlik suriştiruv ötkazdi.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş
Hududga borib, buzilayotgan binoni közdan keçirdik. Bu vaqtda hudud deyarli tep-tekis edi. Biroq tozalaş işlari avjida ekan. Avvaliga öşa yerdagi buziş işlariga mas'ul bölgan mansabdor şaxslardan biri, Toşkent şahar IIBB Yonğin Xavfsizligi Boş boşqarmasi boşliği örinbosari Baxtiyor Pölatovga yuzlandik.
«Mazkur bino yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda qurilayotgan bölgan. Uylar orasidagi masofa talabga köra 6 metrni taşkil etişi kerak. Lekin talablar bajarilmagan. Mabodo favqulodda holatlar bölib, fuqarolar va ularning buyumlari evakuatsiya qilinişi kerak bölsa, bu yerga birorta texnika kira olmaydi. Bu öz navbatida katta zarar olib kelişi mumkin.
Uylarning içidagi havo aylanişiga xizmat qiluvçi trubalar ham rejada körsatilganidek emas. Bundan taşqari, 1900 metr kvadrat maydonga uy solişi körsatilgan. Lekin tadbirkor qöşimçasiga 600 metr kvadrat maydonga noqonuniy qurilma qilgan.
Loyihalaştiruvçi taşkilot hujjatlarda xususiy uy sifatida rasmiylaştirilgani sabab binoni qabul qiliş jarayonida davlat qabul komissiyasi qatnaşmagan. Faqatgina xaridor bilan şartnoma qilinib hujjat tegişli taşkilotlardan rasmiylaştirilgan», - deydi Baxtiyor Pölatov.
Baxtiyor Pölatov
Mavzuga oid
Şundan keyin Toşkent şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi Elbek Qöçqorov bilan ham suhbatlaşdik.
«Xabaringiz bölsa, Toşkent şahrida yaqinda 7 kişi is gazidan vafot etdi. Uşbu holat yuzasidan komissiya tuzilib, tekşiriş işlari olib borildi. Xulosaga köra, uşbu firma tomonidan qurilgan va qurilayotgan binolar belgilangan quriliş standartlariga javob bermaydi. Gaz uskunalari notöğri qöyilgan, gaz trubalari hujjatlarda körsatilgan talablarga javob bermaydi.
Kamiga xususiy uy quraman deb olingan maydonga köp qavatli sotiladigan uylar qurilgan», - dedi boşqarma xodimi.
Mahalla faollaridan biri bölgan Gulçehra Nazarmuhammedova uşbu holatni oddiy fuqaro sifatida 100 foiz qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Yaqin atrofda yaşovçi insonlar ham bu holatga ijobiy fikr bildirişdi.
Gulçehra Nazarmuhammedova
Keyin Mirzo Uluğbek tuman boş arxitektoriga yuzlandik. Uning aytişiça, hujjatlarga köra yakka tartibdagi turarjoy qurilişi kerak bölgan. Uylar köp qavatli turarjoy sifatida qurilgan. Bu holatni öşa vaqtda aniqladik. Tuman hokimiga dalolatnoma tuzib kiritilgan. Tegişli hujjatlar sud organiga berilgan. Hozirda jarayonlar davom etmoqda.
«Buzib taşlangan binolar şaharsozlik norma-qoidalariga javob bermaydi. Binolar tasdiqlangan loyiha asosida qurilganida edi, hozirgi salbiy oqibatlar yuzaga kelmasdi. Uylar orasidagi masofalar ham hisobga olinmagan», - deb vaziyatni tuşuntirdi boş arxitektor Murodil Jamolov.
Şundan söng, Mirzo Uluğbek tumani kadastr bölimi boşliği Gavhar Mansurova bu borada öz fikrlarini bildirdi.
Gavhar Mansurova
«Hujjatlarda uşbu mulk köp qavatli uy deb belgilangan. Obektni şartnoma asosida boşqa şaxslarga bir qismini notarius orqali mulk qilib sotişi mumkin. Oldi-sotdi şartnomasi asosida. Har bir xonadonning kadastr hujjatlari joyida. Qonunan amalga oşirilgan. Boşqa holatlarga men javob bermayman», - dedi Gavhar Mansurova.
Tegişli taşkilotlar vakillaridan izoh olgaç, binolari buzib taşlangan tadbirkor Muhammadbobur Xöjayev bilan suhbat olib bordik. Ikkinçi taraf sifatida tadbirkor öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Loyihani közdan keçiradigan bölsak, boşida Mirzo Uluğbek tuman boş arxitektori M.Jamolov qöl qöyib tasdiqlagandi. Keyin şahar hokimi kelib «loyihadagi markazda körsatilgan yölakni oçib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga javob beradigan qilib quringlar, men tadbirkorlar tomondaman», deb körsatma berib ketdi. Biz topşiriqni bajarişga kirişdik. Ertalabgaça ulgurmadik. Ertasiga hokim boş vazirimiz bilan keldi va qurilayotgan binolarimiz oğzaki topşiriq bilan buzib taşlandi.
Fuqarolik kodeksiga köra, «Özboşimçalik bilan imorat quriş natijasida huquqlari buzilgan şaxsning yoki tegişli davlat organining da'vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan şaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib taşlanişi lozim» deyilgan.
Nega men qurayotgan binolar sudning qarorisiz buzib taşlandi? Men tuşunmadim. Şu vaqtgaça birorta davlat taşkilotlaridan kelib sizlarda şunday kamçiliklar bölyapti deb tuşuntiriş ham bermagan.
Biz quradigan binolar boşqa uylar narxidan keskin farq qiladi. 1 xonali uyimizning narxi 110-115 million sömga boradi. Boşqa qurilayotgan uylarning narxidan xabaringiz bor. 3-4 xonali uylar narxi deyarli milliard sömga baholanmoqda. Toşkentda oylikka yaşaydigan oilalar bunday uylardan umuman sotib ololmaydi. Toşkentda 3 million oylik olib işlaydigan inson bizning uylardan bemalol kreditga olib yaşasa böladi. Hamma şaroiti bor. Toşkentda uylar faqat boylar uçun qurilmasligi kerak. Örtahol oila köpçilikni taşkil qiladi. Biz şunday toifa oilalar uçun uy qurib kelayotgan edik.
Bir-ikkita xatolarimiz bor. Iş bor joyda kamçilik böladi. Şuni tuşuntirsa biz töğrilaymiz. Davlat yoş tadbirkorga yordam berişi kerak emasmi?! Bir neça bor hokimiyat va içki işlar vakillari topşirgan topşiriqlarni ham öz vaqtida bajardik. Imkon bersa buni ham töğrilar edik.
Endi buzib taşlaşga asos sifatida yaqinda Toşkent şahrida is gazidan vafot etganlarni körsatişmoqda. Öşa uyning mulkdorlari biz qöygan havo aylanişiga xizmat qiluvçi trubalarni tegişli taşkilotdan ruxsat söramay boşqasiga aliştirgan. U erigan va içi yopilgan. Gaz hidi unça bilinmaganiga sabab, içkarida töplanib qolgan. Natijada uydagilar undan zaharlanib vafot etişgan.
«Endi senga bir hafta muddat. Qurgan uylaringda yaşovçilarga pulini ber va uylarni böşat. Buzamiz» deyişmoqda. Mingga yaqin insonni qayerga köçiraman? Ularga mablağni qayerdan olaman? 600 ming dollardan ortiq mablağim yöq bölib ketdi. Dodimni kimga aytay?
Men oçiq aytaman, qurayotgan uylarimdan 1 barobar miqdorda foyda qilaman. Uni keyin firma rahbarlari bilan bölişaman. 3-4 barobar foyda olmaganman. Niyat ham qilmayman. Oz bölsa ham barakasini bersin deganman.
Fikrimça, boş vazirga ham, şahar hokimiga ham qöl ostidagilar tomonidan ma'lumotlar notöğri yetkazilgan. Ular aslida yaxşi inson. Doim qöllab kelişgan.
Umid qilamanki, masalaga tez orada oydinlik kiritiladi. Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevdan ham yordam sörayman. Iltimos menga yordam bering! Men 28 yoşli tadbirkor pulsiz qoldim. Nima qilişga ham hayronman. Menga imkon berilsa, albatta davlatga bundan ham katta foydali işlar qiliş qölimdan keladi. Çet eldan investorlarni ham jalb qila olaman», - deya bölib ötgan voqealarni aytib berdi tadbirkor.
Xabarlarga köra, 28 yaşar tadbirkorning yaqinda buzib yuborilgan imorati qurilişida «prorab» bölib işlaydigan Abror Sayfuddinov va Şuhrat Ahmedov Mirzo Uluğbek tuman IIB vaqtinçalik tergov izolyatorida 13 noyabr kuni 1 kun uşlab turilgan va qöyib yuborilgan. Asos sifatida qanday sabab körsatilgan hozirça noma'lum.
KUN.UZ voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.
Zafarbek Solijonov maxsus muxbir,
Şerzod Egamberdiyev operator