12 aprelda EasyJet aviakompaniyasining Londondan Lissabonga uçgan samolyoti yölovçilarni Portuda tuşirib, Lissabonga ularsiz uçib ketgan. Bu haqda Daily Mail naşri ma'lum qildi.
Samolyot Portugaliya poytaxtida mahalliy aeroportning uçiş-qöniş yölagi vaqtinçalik yopiq bölgani sababli qöna olmagan. Şundan keyin samolyot Portu aeroportida qöngan va samolyotga yonilği quyilişi kerakligi aytilib, undan yölovçilar tuşirilgan. Biroq 5 soatdan keyin yölovçilarga samolyot Lissabonga ularsiz uçib ketgani ma'lum qilingan va u yerga avtobusda yetib oliş taklif qilingan.
“Biz aeroportga kelgaç, u yerda samolyot bizsiz Lissabonga uçib ketganini aytişmagunça kutib ötirdik. Hamma bundan karaxt holga tuşib qoldi. Keyin hamma Lissabonga avtobusda olib ketildi”, deb aytgan yölovçilardan biri.
EasyJet’da Londondan uçgan EJU8717 reysi Portuda qöngani tasdiqlangan, yölovçilar esa samolyotdan ularga qulaylik yaratiş maqsadida tuşirilganlari ma'lum qilingan.
Aviakompaniya vakilining aytişiça, uçiş-qöniş yölagining yopilişi ekipajning qonun bilan belgilangan işçi vaqt limitidan ötib ketişiga olib kelgan. Şu sababli yölovçilarga bepul içimliklar va Lissabongaça avtobus taklif qilingan.
“Biz yetkazilgan noqulayliklar uçun yölovçilardan uzr söraymiz va ularga sabr-toqatlari uçun minnatdorlik bildiramiz”, deb aytgan aviakompaniya vakili.
Ta'kidlaş joiz, yölovçilarga Portudan Lissabongaça 315 kmlik masofani avtobusda bosib ötişga töğri kelgan.












