Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoda yagona: Samarqandda Fransiyaning ilk faxriy konsulligi ochildi
Ochilish marosimida Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirok etishdi.
Dastlab mehmonlar viloyat hokimi E.Turdimov bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar borasida fikr almashishdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida fransuz kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar – Fransiya taraqqiyot agentligining “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi muhokama etildi. Mazkur loyihaga ko‘ra, shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va zararsizlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni kompleks boshqarish tizimi yaratilmoqda.
Shundan so‘ng, dalegatsiya rahbari Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov bilan birgalikda faxriy konsullikni rasman ochib berdi.

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan Kun.uz muxbiriga bu haqda to‘xtalib o‘tdi:
– Fransiya va Samarqand o‘rtasida juda yaqin aloqalar mavjud, – deydi janob Jan Batist Lemuan. – Har yili Samarqandga Fransiyadan o‘rtacha 13 ming nafar sayyoh tashrif buyurishini ham bejiz emas. Shuni hisobga olgan holda mana shu faxriy konsullik ochilmoqda. Bu ishlarni o‘tgan yil kuzda ikki mamlakat Prezidenti uchrashuvidan keyin amalga oshirilgan ishlarning bir qismi deyish mumkin. Mazkur rasmiy uchrashuvdan so‘ng hamkorlik aloqalari yanada kengayib bormoqda. Bugun ochilayotgan konsullik nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Mavzuga oid
10:27
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
22:51 / 21.06.2026