Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Jizzax politexnika instituti talabasining aytişiça, institut rahbariyati talabalarning fan dasturlarini özlaştiriş darajasini aniqlaş attestatsiyasida tuşişi mumkin bölgan savol-javoblarni talabalarga tarqatmoqda. Uşbu savol-javoblar nusxasi tahririyatda ham mavjud.

Talabaning ta'kidlaşiça, institutning Sanoat texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiya ta'lim yönalişida ta'lim berayotgan pedagoglar şunday qilib bölajak attestatsiya natijalarini soxtalaştirişga urinmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarori talabiga köra, oliy ta'lim muassasasida mavjud yönalişlar va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 75 va undan köp foizi «Attestatsiyadan ötdi» deb xulosa qilinsa, ta'lim muassasasi «Attestatsiyadan ötdi», 67 foizdan 75 foizgaça — «Attestatsiyadan şartli ötdi», 67 va undan kam foizida «Attestatsiyadan ötmadi» deb e'tirof etiladi.

Jizzax politexnika instituti rektori Alişer Usmonqulovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 2018 yil mart oyida OTMda ötgan attestatsiyadan söng, institutning Sanoat texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiya ta'lim yönalişi «Attestatsiyadan şartli ötdi», deya e'tirof etilgan. 

«Şartli attestatsiyadan ötgan yönalişlar bir yildan söng yana attestatsiyadan ötişi nizomda belgilangan. Attestatsiyada asosiy körsatkiç talabalarning qoldiq bilimi, talabalarga ötgan fanlaridan test savollari fan öqituvçilari tomonidan berilgan, ular öşanga tayyorgarlik körişmoqda», — deya vaziyatga munosabat bildirdi rektor.

Kun.uz talabalar tasarrufida bölgan, öqituvçilar tomonidan tarqatilgan test va javoblarga ega, ammo ularning aynan attestatsiya savollari ekanligini aniqlaş imkoniyati yöq. Şunga qaramay, JizPIda kutilayotgan attestatsiya örnatilgan tartibda şaffof ötkazilişi kerak.